Agentlik tizimidagi maktablar örtasidagi «Zakovat» turnirida ğoliblar aniqlandi
Ixtisoslaştirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar öquvçilari örtasidagi “Zakovat” turnirida ğoliblar aniqlandi!
Şiddatli raqobat ostida ötgan musobaqa yakunida Qarşi şahridagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi jamoasi çempion böldi. Aniqroq aytganda, uşbu maktab jamoasi öz çempionligini munosib himoya qila oldi. Sababi ular 2023-yildagi musobaqada ham ğolib bölgan edi. 2022-yilda esa kumuş medal olişgandi.
Uç yildan buyon sovrindor bölayotgan va ketma-ket ikki yildan buyon çempionlikni heç kimga bermayotgan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga şunçaki qoyil va rahmat!
Yakunda quyidagi jamoalar sovrinli örinlarni egalladi:
🥇1-örin: Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi jamoasi
🥈2-örin: Namangan şahridagi 1-sonli ixtisoslaştirilgan maktab-internat jamoasi
🥉3-örin: Buxoro şahridagi Prezident maktabi jamoasi
Mazkur öquvçilarning har biriga bir öquv yili davomida har oy “Zakovat” stipendiyasi tölab boriladi. Şuningdek, uşbu jamoalar aʼzolari oliy taʼlim muassasalariga bazaviy tölov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.
👉 @xushnudbek 👈



