Aholi bilan birgalikda qişloq xöjaligining ham röyxatga olinayotganidan maqsad nima?
❓Aholi bilan birgalikda qişloq xöjaligining ham röyxatga olinayotganidan maqsad nima? Soliqqa tortişmi?
✅ Javob: Yöq!
Röyxatga oliş tadbirlari aholiga qöşimça soliqlar soliş uçun ötkazilmayapti. Buni soliqga aloqasi yöq va xavotirlar örinsiz.
Şu bois, röyxatga oliş jarayonida berilgan savollarga töğri javob beraveriş kerak.
❓Unda nega qişloq xöjaligini ham söraşyapti?
Asosiy maqsad — ovoragarçilik va xarajatni kamaytiriş. Yaʼni şundoq ham butun respublika aholisi röyxatdan ötayotgan bir paytda bira töla qişloq xöjaligini ham sörab olişmoqçi. 2-3 oydan keyin yana şunça odam ovora bölib, uyingizda neçta daraxt bor, deb söragandan köra, şunisi maʼqulroq.
❓Xöp, tuşundim, lekin özi nimaga qişloq xöjaligini hisobga oliş kerak? Mening uyimdagi tovuğim yoki daraxtim neçtaligini bilişni davlatga nima keragi bor?
Buning sababi oddiy, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligi, kelgusidagi agrar siyosatni işlab çiqiş uçun muhim. Yaʼni hududlar imkoniyatlari va resurslari hajmini aniqlaydi, şunga qarab, kelgusi rejalar tuzadi, iqtisodiy qarorlar qabul qiladi. Masalan, qaysidir hududda çorva köp, lekin u yerda suv va yem-haşak zaxiralari kam. Demak, davlat öşa hudud uçun kerakli çoralarni körişni rejalaştiradi, yöqsa bir neça yildan keyin, aytaylik, goʼşt tanqisligi yuz berişi mumkin. Taxminan şunaqaroq.
Aniq maʼlumotlar aniq qarorlar uçun yordam beradi. Xato javob katta muammo olib kelmaydi-yu, lekin işni köpaytiradi, ovoragarçilikka sabab böladi. Şuning uçun imkon qadar aniqroq javob beraveriş kerak.
👉 @xushnudbek 👈
- 5 Telegram Stars



