Muhim

Andijon va Toşkent viloyatlarida yer sotiş va pora bilan boğliq holatlarda mansabdorlar uşlandi

Video15-iyul, 2025, 14:424 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Davlat xavfsizlik xizmati:

➖ Andijon viloyati Xonobod şahar hokimi örinbosari va spirtli içimliklar savdosi bilan şuğullanuvçi MÇJning muqaddam sudlangan rahbari özaro til biriktirib, mahalliy tadbirkorga matras, profnastil va bolalar tagliklari işlab çiqariş korxonasini taşkil etişi uçun hokimlik zaxirasidagi 4 gektar yer maydonini uning nomiga rasmiylaştirib beriş evaziga 20 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.

***

➖ Andijon tumani hokimining sobiq örinbosari, Andijon şahar statistika bölimi boşliği va 2 nafar şaxs özaro til biriktirib, kelgusida bolalar uçun mahsulotlar işlab çiqariş uçun zavod qurmoqçi bölgan tadbirkorga “Ipak yöli” erkin iqtisodiy zonasi hududidan 6 gektar yer maydonini olib beriş evaziga 600 ming dollar talab qilib, oldindan 150 ming dollarni olgan vaqtida uşlandi.

Şuningdek, mazkur noqonuniy işga Raqobat qömitasining viloyat boşqarmasi boşliği sobiq birinçi örinbosari, hozirda xususiy bandlik agentligi boşliği bölib işlab kelayotgan fuqaroning ham aloqadorligi aniqlanib, u uşbu masalada tadbirkorga yordam beriş evaziga muqaddam 11 ming dollar olgani maʼlum böldi.

***

➖ Byudjetdan taşqari pensiya jamğarmasining Toşkent viloyatida Ohangaron tuman bölimi boşliği mahalliy fuqaroning yöqolgan mehnat daftarçasini tiklab, uni yoşga doir pensiyaga çiqarib beriş evaziga 1 ming 500 dollarni pora sifatida olgan vaqtida uşlandi.

Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek