Diplomatiya
«AQŞ prezidenti Özbekistonga kelişni xohlaydi» - Marko Rubio
Video19-oktabr, 2026, 11:452 daqiqaTelegramʼdagi koʻrishlar: 155 mingtahrirlangan
«AQŞ prezidenti Özbekistonga kelişni xohlaydi» - Marko Rubio
AQŞ davlat kotibi Marko Rubio Kun.uz muxbiri savoliga javoban AQŞ prezidentining Özbekistonga ehtimoliy taşrifi haqida gapirdi. Uning aytişiça, kelgusi yil taşrif uçun maqbul sanalarni körib çiqiş rejalaştirilmoqda. Donald Trampning özi ham Özbekistonga keliş xohişini bildirgan.
— Ikki tomonlama munosabatlarimizda juda köp ijobiy özgarişlar yuz bermoqda. Eng muhimi, bizning munosabatlarimiz muammolar yoki ziddiyatlar emas, balki imkoniyatlar asosida rivojlanmoqda.
Özbekiston iqtisodiyoti jadal ösib borayotgan mamlakat. Bu yerda aholi farovonligini oşiriş uçun katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Amerika kompaniyalari ham bunga qiziqiş bildirmoqda. Biz aynan şu yönalişda işlaşni maqsad qilganmiz.
Menimça, bu xalqlarimiz va mamlakatlarimizni bir-biriga yanada yaqinlaştiradi. Çunki munosabatlarni özaro farovonlik va umumiy iqtisodiy manfaatlardan köra kuçliroq mustahkamlaydigan omil yöq. Biz aynan şu yönalişda işlaşni maqsad qilganmiz, — dedi Rubio.
Video özbekça subtitr bilan
👉 @xushnudbek 👈



