Assalomu alaykum
Manba:Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Assalomu alaykum.
Avvalgi safar ham @xushnudbek kanalini oçişimga sabab Telegramda şaxsiy kanal oçiş “moda”ga aylangani bölgandi. Bu safar boşqa “moda” urfga kirgan.
Yaʼni katta kanali bor blogerlar özlari uçun yana bitta yangi maydon oçib olişmoqda. Masalan, men bilganlarim quyidagilar:
Davletovuz (Qobil Xidirov)
@davletovuz ➡️ @davletovuztw
Muhrim Aʼzamxöjayev
@muhrim ➡️ @muhrim2022
Nurbek Alimov
@nurbekalimov ➡️ @Alimofflive
Zafar Solijonov
@Zafarbek_Solijonov ➡️ @Zafarello
Bahodir Ahmedov
@bahodirahmedoff ➡️ @bahodiranklav
Ularni töğri tuşunaman, çunki asosiy kanalda kuzatuvçilar soni oşib ketgani sari odam özini noqulay his qilişni boşlaydi va içki senzura yuqori darajaga çiqib ketadi. Masʼuliyat köpaygani uçun samimiylik ham kamayib borayotgandek böladi, özingizni erkin his qilolmaysiz.
Xullas, “qatordan qolmaslik” prinsipini qöllagan holda men ham öta şaxsiy fikrlarim va asosan şaxsiy hayotimdagi voqealarni yozib boriş uçun bismilloh deb yangi kanalni yuritişni boşlamoqçiman.
Lekin hali kanalda nima yozaman, biror narsa yozişga vaqtim böladimi özi, yöqmi, buni öylab körmadim. Buyoği bir gap bölar :)
P.S.: Aytgança, uşbu kanalda imkon qadar barça postlar lotin yozuviga asoslangan alifboda qoldiriladi.
Yangi kanal manzili:
🔘 @xushnudbekuz
- 👍 1390



