Atlantic muharriri Jeffrey Goldberg AQŞ amaldorlarining maxfiy guruh çatiga tasodifan qöşib qöyildi

Albom25-mart, 2025, 10:422 daqiqa0 koʻrish

Atlantic jurnali boş muharriri Jeffrey Goldbergning yozişiça, AQŞ maʼmuriyatining yuqori lavozimli vakillari, jumladan, AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vens, mudofaa vaziri Pit Hegset hamda mudofaa va xavfsizlik sohasidagi boşqa amaldorlar uni tasodifan bir guruh çatiga qöşib qöyişgan. Uşbu guruhda ular Yamandagi xusiylarga qarşi zarbalar berişni muhokama qilişgan, koordinatalar va boşqa muhim harbiy sirlarni yozişgan.

Maqolada aytilişiça, bir neça kun davomida çatda "qizğin siyosiy munozara" olib borilgan. Operatsiya yakunlangandan söng guruhdagilar bir-birini tabriklagan. Keyinçalik jurnalistning özi bu guruhdan çiqib ketgan.

Pentagon rahbari Pit Hegset AQŞning Yamandagi zarbalari haqidagi maʼlumotlar sizib çiqqani töğrisidagi axborotni rad etdi. "Heç kim harbiy rejalarni muhokama qilmagan va bu borada aytişim mumkin bölgan yagona narsa şu," - degan u Fox News efirida.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek