Atrofdagi kamçiliklarga befarq bölmang, jamoatçilik manfaati uçun faol böling

Albom13-iyun, 2022, 20:302 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Atrofdagi kamçiliklarga befarq bölmang, jamoatçilik manfaati uçun faol böling

Toşkent şahridagi muammolarni hal qilişga möljallangan “Xalq nazorati” degan ilovani köçirib olgandim.

Keça keçki payt uyimiz atrofida sayr qilib yursam, anhor havzasidagi bitta panjara yöq ekan. Bu esa odamlar, ayniqsa bolalar uçun xavfli. Darrov rasmga olib, "Xalq nazorati" ilovasi orqali murojaat yubordim.

Bugun töğrilab ketişibdi. Rasmlarini ham joylaşibdi. Eng asosiysi, ijroçilardan heç kim meni özimga telefon qilib, bezovta ham qilmadi. Qayerda edi u joy, qanaqa topsak böladi, nimaga yuborgandiz, degan savollar berişmadi. Çunki murojaat yuborayotganda öşa joyning geolokatsiyasini ham yuborsa böladi.

Sizda ham Toşkent şahridagi xonadonlar, yöllar, jamoat joylari, savdo va oziq-ovqat obyektlari, jamoat transporti bilan boğliq muammolar bölsa yoki bexosdan duç kelib qolsangiz, "Xalq nazorati" ilovasi orqali yuborişingiz mumkin.

🌐 xalqnazorati.uz
Köçirib oliş:
Android | iOS

🔘 @xushnudbek

  • 👍 1235
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek