Ayni daqiqalarda ÖzLiDeP Syezdi bölib ötmoqda
Ayni daqiqalarda ÖzLiDeP Syezdi bölib ötmoqda. Unda prezidentlikka nomzodi körsatilgan Şavkat Mirziyoyev özining saylovoldi dasturi bilan taniştirmoqda. U BEŞTA STRATEGIK MAQSADdan iborat.
Jumladan, birinçisi — har bir insonga öz salohiyatini röyobga çiqariş uçun munosib şaroit yaratiş.
➖ Eng avvalo, 2030-yilga qadar maktabgaça taʼlimga bölgan ehtiyoj töliq qoplanadi va qamrov 100 foizga yetkaziladi.
➖ Boğça va maktablar filtrlangan içimlik suvi bilan töliq taʼminlanadi.
➖ Kelgusi 7 yilda maktablarda qöşimça 2,5 million öquvçi örni yaratiş zarur. Şu maqsadda, “Yiliga 500 ming öquvçi örni” dasturi amalga oşiriladi.
➖ Xususiy taʼlimga qöşimça yengilliklar beriladi.
➖ Davlat-xususiy şeriklik asosida maktablar quriş keng joriy etiladi.
➖ Boşlanğiç sinf öquvçilari taʼlim planşetlari bilan töliq taʼminlanadi.
➖ Çekka hududlarimizda maktab avtobuslari bepul yölga qöyiladi.
➖ Kelgusi yetti yilda barça maktablarga çet ellardan “til egalari” bölgan öqituvçilar olib kelinadi.
👉 @xushnudbek 👈

