Rasman

BAA aeroportlarida Özbekiston fuqarolarini tekşiriş jarayoni çözilayotgani yuzasidan maʼlumot berildi

Matn2-iyun, 2025, 15:211 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Taşqi işlar vaziri matbuot kotibi Axror Burxanov:

BAAdagi turli aeroportlar orqali mamlakat hududiga kirib kelayotgan xorijliklarning, şu jumladan Özbekiston fuqarolarining tekşiruvlari çözilib ketayotgan holatlarni alohida monitoring qilib bormoqdamiz.

Ayni paytda fuqarolarimizning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qiliş uçun barça çora-tadbirlar körilmoqda. Mamlakatimizning Abu-Dabi şahridagi elçixonasi hamda Dubay şahridagi Boş konsulxonasi BAAning tegişli taşkilotlari bilan uşbu masalada zudlik bilan muzokaralar ötkazdi va vaziyatni yaxşilaş böyiça doimiy aloqada bölib turmoqda.

BAA tomoni maʼlumotlariga köra, mamlakatda turli xalqaro tadbirlar munosabati bilan xavfsizlik çoralari kuçaytirilgani sababli aeroportlarda tekşiruv vaqtlari çözilib ketmoqda.

Hozirda fuqarolarimizni tezlik bilan tekşiruvdan ötkaziş uçun barça imkoniyatlar safarbar etilgan va natijada ular mamlakat hududiga kirib kelişni boşlagan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 3 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek