Barça bosqiçdagi qabul jarayonlari haqida maʼlumotlar
❗️Barça bosqiçdagi qabul jarayonlari haqida maʼlumotlar:
#abituriyent
☑️ Bakalavr uçun test sinovlari oxirlab qoldi, bugun töqqizinçi kun. Yana 1 kundan söng barça testlar tugaydi va keyin yönaliş tanlaş boşlanadi. Testdan keyin abituriyentlar nimalarni tanlaşi haqida batafsil bu yerda. Qabul jarayoniga oid barça muddatlar haqida maʼlumot bu yerda;
9️⃣ 9-sinf bitiruvçilari uçun akademik litseylarga ariza topşiriş yakunlandi. Jami 49 ming 129 ta ariza kelib tuşdi. Ruxsatnomalar çiqqan, tez orada imtihonlar boşlanadi;
9️⃣ 9-sinf bitiruvçilari uçun texnikumlarga arizalar topşiriş 20-iyul kuni yakunlandi. Talabgorlar tomonidan 223 ming 828 ta ariza yuborildi;
🗣️Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvçilarni OTMlarga suhbat asosida öqişga qabul qiliş davom etmoqda, hozirgaça 4 ming 565 ta ariza kelib tuşgan. Turdoş yönalişlar röyxati bu yerda. Qabul 25-iyulgaça davom etadi;
🎓 Magistraturaga arizalar qabuli davom etmoqda. Hozirgaça 37 ming 952 ta ariza kelib tuşgan. Qabul 30-iyulgaça (şu kuni ham) davom etadi. Turdoş yönalişlar röyxati bu yerda. Talab etiladigan sertifikatlar röyxati bu yerda.
2️⃣ Ikkinçi mutaxassislikka qabul davom etmoqda. Hozirgaça 11 ming 605 ta ariza kelib tuşgan. Qabul 10-avgustga qadar (şu kuni ham) davom etadi;
🔄 Davlat oliygohlarida öqişni köçiriş va tiklaş böyiça ham arizalar qabul qilinmoqda. Hozirga qadar 16 ming 463 ta ariza kelib tuşgan (nodavlat oliygohlari böyiça esa 787 ta). Qabul jarayoni 5-avgustgaça davom etadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 4 Telegram Stars

