Fikr

Barça yurtdoşlarimizga murojaat!

Matn1-avgust, 2023, 08:011 daqiqa0 koʻrish

🤲 Barça yurtdoşlarimizga murojaat!
#abituriyent

Bugun, 1-avgust, seşanba.

Respublikamizdagi barça davlat oliy taʼlim muassasalariga kiriş uçun test sinovlari boşlandi.

Fursatdan foydalanib, har yilgi murojaatimni takrorlamoqçiman. Köpning duosi ötadi deyişadi. Şunday kunlarda duo qilaylik:

• ilohim, joriy yilda haqiqatda yaxşi öqigan, öz ustida işlagan, bilim oliş uçun maşaqqat çekkan va kelgusida ham ilm oliş niyatida bölgan abituriyentlar talaba bölişsin;

• ota-onasining puliga yoki mansabiga işongan, qöliga bir marta ham kitob uşlamagan, kallasi xumday böm-böş, qinğir yöllar bilan öqişga kirmoqçi bölgan takasaltanglarning işi yurişmasin, imtihondan yiqilsinu, lekin qalbida ilm olişga bölgan iştiyoq paydo bölsin;

• pora evaziga millat kelajagini ham, vijdonini ham örtaga tikib, sotib yubormoqçi bölgan mansabdor şaxslar, mömay daromad evaziga qinğirliklarga tayyor bölgan köçadagi “olğirlar”ning işi teskarisidan kelsin, hammasi jazosini olsin;

• taʼlim tizimini rivojlantiriş uçun, adolatni taʼminlaş uçun jon-jahdi bilan kuraşayotgan, keçasiyu kunduzi tinim bilmay mehnat qilayotgan masʼullarning, şu işga boş qöşayotgan barça xizmatçilarning kuçiga kuç qöşilsin, ğayratiga ğayrat. Mana şunday vijdonli va halol mutaxassislar taʼlim tizimida köpayaversin.

Omiyn!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek