Barça yurtdoşlarimizga murojaat
❗️Barça yurtdoşlarimizga murojaat
Ertaga — 1-sentyabr, Mustaqillik kuni. 35 yillik yubiley keng nişonlanadi.
Negadir biz mana şu kabi katta bayramlarda bayroqdan keng foydalanmaymiz. Balki bunga uzoq yillar davomida amal qilgan çeklovlar sabab bölgandir, kim bilsin.
Masalan, köplab yurtdoşlarimizning uyida bir dona ham bayroq yöq. Uylarimiz tomiga, derazalariga yoki eşigimiz tepasiga bayroq ilib qöyişga odatlanmaganmiz. Buni faqat davlat işida işlaydigan yoki biron amalda ötirganlar qilişi mumkin, deb öylaymiz.
Aslida unaqa emas. Bayroq hammamizniki. Undan barçamiz birdek foydalana olamiz. Hurmatini joyiga qöysak, kifoya.
‼️Yangi çorlov:
Kelinglar, ertaga bayram kuni hamma köçaga bayroq bilan birga çiqsin. Mayli, hamma emas, kimda şunday imkoniyat bölsa, deylik.
Bunda quyidagilardan istalgan birini qilsangiz böladi:
➖yelkangizga taşlab oliş;
➖şarf qilib boğlab oliş;
➖kiçkina bayroqni qölingizda kötarib yuriş;
➖tasma şaklidagi bayroqni köksingizga qadab oliş;
➖maşinangiz orqa oynasi yoki kapotini katta bayroq bilan bezatiş yoxud kiçkinasini biron joyiga qistirib qöyiş;
➖uyingiz tomiga, derazasiga, eşigiga, balkoniga yoki boşqa şu kabi balandroq joylarga bayroqni ilib qöyiş;
➖va yana şu kabi istalgan körinişdagi hurmat saqlangan variantlar maʼqullanadi.
Buni har yili milliy odatga aylantirişimiz kerak, menimça. Çunki bayroq millati, irqi, jinsi, yoşi, ijtimoiy kelib çiqişidan qatʼi nazar, barça özbekistonliklarni birlaştiradigan davlat ramzidir!
Birligimizga köz tegmasin! Mustaqilligimiz abadiy bölsin! Yurtimizga köz tegmasin, ilohim🤲
👉 @xushnudbek 👈
- 26 Telegram Stars


