Bazaviy tarif narxlari mutlaqo özgarmaydi — Energetika vazirligi
Bazaviy tarif narxlari mutlaqo özgarmaydi — Energetika vazirligi
Hukumat qaroriga köra, 1-noyabrdan boşlab bir oyda 1000 kW•soatdan köp elektr energiyasini isteʼmol qilganlar uçun tölov miqdoriga ösuvçan koeffitsiyent qöllanadi.
Energetika vazirligi bu masalada tuşuntiriş berdi.
Mazkur ösuvçan koeffitsiyent aholi isteʼmolçilarining 98 foiziga mutlaqo taʼsir qilmaydi. Çunki mamlakatimizdagi 7 mln 589 mingdan ziyod abonentning atigi 146 mingdan ortiği 1000 kW•soatdan köp elektr energiyasi işlatadi xolos.
Ularning atigi 10 ming nafarigina oyiga 5 ming kW•soatdan oşiq, bor-yöği, 4 mingdan ortiq isteʼmolçi esa oyiga 10 ming kW•soatdan ziyod elektr energiyasi isteʼmol qiladi.
Tarif narxi oşayotgani yöq. Öşa 295 söm joy-joyida turibdi.
Ammo odamlarda tejamkorlik kayfiyatini kuçaytiriş hamda "yaşirin iqtisodiyot" unsurlariga barham beriş uçun qöşimça ösuvçan koeffitsiyent qöllanilişi nazarda tutilmoqda.
Bunda siz bir oyda 1000 kW•soatgaça elektr energiyasi sarflasangiz, 295 sömdan 295 ming söm tölaysiz.
1001 kW•soatdan 5000 kW•soatgaça sarflasangiz, 1000 kW•soat uçun 295 sömdan 295 ming, 1000 dan oşgan har bir kW•soat uçun 590 sömdan tölaysiz. Masalan, 1001 kW•soat işlatilsa. 295 ming söm + 590 söm böladi.
Agar bir oyda 9420 kilovatt/soat işlatsangiz-çi?
Xuddi boyagidek 1000 kW•soat uçun 295 ming söm, 1001 kW•soatdan 5000 kW•soatgaça 590 sömdan 2 mln 360 ming söm, 5001 kW•soatdan 9420 kW•soatgaça 3 mln 911 ming 700 söm, jami 6 mln 566 ming 700 söm tölov qilasiz.
Ösuvçan koeffitsiyent joriy qilinmagan paytda esa bir oyda 9420 kW•soatgaça sarflagan isteʼmolçi bunga 2 million 778 ming 900 söm tölardi.
Yaʼni u bir oyda 6 million 358 ming 500 söm şartli subsidiya olgani holda, aholining qolgan 98 foiz qismidan köra bir neça ön karra köproq elektr energiyasini isteʼmol qilardi.
1-noyabrdan keyin bunga çek qöyiladi.
Xuddi şu ösuvçan tarif 10 ming kW•soatdan ziyod tok işlatadiganlarga ham qöllanilmoqda. Endi kimda-kim bundan köp elektr energiyasi yoqsa, u uçun belgilangan tarifga nisbatan 4 barobar ösuvçi koeffitsiyent qöllaniladi.
👉 @xushnudbek 👈


