Muhim

Bir haftada mingdan ortiq abonent öz raqamini boşqa aloqa operatoriga köçirgan

Albom5-noyabr, 2023, 15:582 daqiqa0 koʻrish

Özbekistonda “mobil qullik” bekor qilinganidan söng bir hafta içida mingdan ortiq abonent öz raqamini boşqa aloqa operatoriga köçirgan. Bu haqda AKT vaziri Şerzod Şermatov maʼlum qilgan. Kelgusida bu yanada köpayişi kutilmoqda.

Hafta boşida men ham yangi tizimni sinaş maqsadida işlatilmay yotgan telefon raqamimni boşqa operatorga ötkazib kördim. Xulosalar quyidagiça:

1) barça rasmiylaştiriş jarayoniga taxminan 1 soat vaqtim ketdi. Tizimda qanaqadir texnik muammolar çiqib qoldi. Balki hozir tezlaşgandir. Lekin telefon raqamim tezda yoqildi, yangi operatorga ötişini köp kutişga hojat bölmadi;

2) tizimning asosiy muammosi yangi operatorga ötgaç hisob raqamga tölov qiliş imkoni bölmadi. Tölov tizimlari ham, aloqa operatorining öz mobil ilovasidan ham tölaş imkoni bölmadi. 1 kundan keyin işlab ketdi, ammo haligaça ayrim tölov tizimlarida muammo saqlanib turibdi;

3) Şuningdek, tizimning texnik bölmagan yana bir muammosi — bu tizim boşdan oyoq rus tilida ekan. Ariza blanklari ham, tizim şaxsiy kabineti ham, xullas hammasi rus tilida. Uzbektelecom’ning tizimga boğliq bölmagan boşqa arizalari ham rus tilida berildi. Röyxatga oliş varağida esa avval rus tilida, keyin özbek tilidagi matn berilgan.

AKT vazirligi öz tizimlarida özbek tilining hurmatini joyiga qöyib qöysa, yomon bölmas edi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek