Fikr

Bir kunlik amaldor tarixi

Albom23-iyun, 2023, 11:452 daqiqa0 koʻrish

Bir kunlik amaldor tarixi. Bu yurtda odam zerikib qolmaydi

Navoiy şahar obodonlaştiriş boşqarmasi sobiq boşliği Yusuf Tursunov 1 mlrd sömdan ortiq byudjet mablağlari talon-toroj qilingani ortidan 2021-yilda sud hukmi bilan 1 yil 6 oy mansabdorlik va moddiy javobgarlik işlarida işlaş huquqidan mahrum qilinib, 3 yil axloq tuzatiş işlari jazosiga tortilgan edi.

21-iyun kuni Y.Tursunov 3 oy sinov muddati bilan yana avvalgi lavozimi — Navoiy şahar obodonlaştiriş boşqarmasi boşliği etib tayinlanadi.

Tayinlov jamoatçilikka maʼlum bölgaç, faollarning jiddiy eʼtirozlariga sabab böldi. Buning ortidan Yu.Tursunov ertasi kuni, 22-iyunda yana bir bor lavozimidan ozod etildi. Navoiy şahar hokimining qarorida “öz xohişiga köra” degan asos körsatilgan.

Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmatining maʼlum qilişiça, uşbu holat yuzasidan xizmat örganişi ötkazilgan. Örganiş natijasida, kadrlarni rahbarlik lavozimiga tayinlaşda kamçiliklarga yöl qöygan xodimlarga nisbatan intizomiy çora qöllanilişi belgilanibdi.

Ha, doimgidek biror kiçkina xodim jazo oladi. Masalan, kadrlar bölimidan biror inspektor yoki uzoği bilan biror “zam hokim”. Lekin şu lavozimga ongli ravişda, bila turib tayinlagan şahar hokimiga heç narsa bölmaydi. Agar hokim rostdan bilmasdan tayinlagan bölsa, unda öta masʼuliyatsiz ekan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek