«Biz ikkilamçi sanksiyalarga jiddiy qaraymiz» — Timur Işmetov
"Biz ikkilamçi sanksiyalarga jiddiy qaraymiz" — Timur Işmetov
Markaziy bank raisi bugun bölib ötgan matbuot anjumanida sanksiyadagi tovarlar va taşkilotlar bilan işlamaslik borasida olib borilgan saʼy-harakatlar natijasida Özbekistondagi birorta bank ikkilamçi sanksiyalarga tuşmaganini taʼkidladi.
"Biz ikkilamçi sanksiyalarga jiddiy qaraymiz. Banklarga sanksiyadagi tovarlar va taşkilotlar bilan işlamaslik böyiça qatʼiy pozitsiyamizni aytganmiz va buni qatʼiy nazorat qilib boramiz", – dedi u.
Maʼlumot uçun, kuni keça Yevropa Komissiyasining Rossiyaga qarşi 19-sanksiyalar paketi eʼlon qilindi. Sanksiyalar röyxatidan Markaziy Osiyodagi bir qator banklar ham örin oldi. Jumladan:
🏦 VTB Bank (🇰🇿Qozoğiston);
🏦 Alfa Bank (🇰🇬Qirğiziston);
🏦 Tolubay Bank (🇰🇬Qirğiziston);
🏦 Yevroosiyo jamğarma banki (🇰🇬Qirğiziston);
🏦 Duşanbe City Bank (🇹🇯Tojikiston);
🏦 Spitamen Bank (🇹🇯Tojikiston);
🏦 Commerzbank (🇹🇯Tojikiston) Yevropa Ittifoqi "qora röyxati"ga tuşdi.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars


