Bojxona deklaratsiyasini endi mobil ilova orqali töldiriş mumkin
Bojxona deklaratsiyasini endi mobil ilova orqali töldiriş mumkin
Bojxona qömitasi bojxona deklaratsiyasini onlayn tarzda töldiriş va taqdim etiş imkonini beruvçi yangi elektron xizmatni işga tuşirdi.
Endilikda fuqarolar “Yölovçi-deklaratsiyasi” nomli mobil ilova orqali deklaratsiyani soddalaşgan tartibda töldirişi mumkin. Ilovaga pasport maʼlumotlari kiritilişi bilan deklaratsiyaning asosiy bandlari avtomatik töldiriladi, IMEI-kodni skanerlaş imkoniyatiga ega va çegara postlarida bepul Wi-Fi orqali foydalaniş mumkin.
Tizim dastlab “Toşkent” xalqaro aeroportida sinovdan ötkazilmoqda, 2025-yil 1-noyabrdan boşlab barça çegara ötkaziş punktlarida töliq joriy etiladi.
- 6 Telegram Stars


