Bu jarayonda hammamiz birlaşişimiz kerak

Video3-dekabr, 2025, 08:502 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

“Bu jarayonda hammamiz birlaşişimiz kerak”

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva keça Maxsus komissiya yiğilişidan oldin Ekologiya milliy qömitasida taşkil etilgan situatsion markaz faoliyati bilan tanişdi.

Prezidentning ekologiya masalalari böyiça maslahatçisi – Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi raisi Aziz Abduhakimov hamda Toşkent şahar hokimi Şavkat Umurzoqov ekologik barqarorlikni nazorat qiliş maqsadida yaratilgan axborot texnologiyalari tizimlarini taqdimot qildi.

Jumladan, köçalarga çiqindi taşlaş holatini nazorat qiluvçi onlayn kameralar qanday işlaşi namoyiş etildi.

Issiqlik elektr stansiyalari, qozonxonalardagi gaz bosimini doimiy nazorat qiluvçi tizim ahamiyati haqida maʼlumot berildi. Agar qayerdadir gaz bosimi pasayib ketsa, mazut yoqilişining oldini oliş maqsadida tezda çoralar köriladi.

“Men körmoqçiman, sizlar nimalar qilyapsizlar, qanaqa natijalarga erişyapsizlar. Mayli, bugun havo yaxşi bölibdi, sal-pal yaxşi bölibdi. Balki şamol kelgandir, men işonmayman sizlarga hozir, 1 kunda nimadir qildik desangiz. Ahvolni köryapman-ku, şunça yildan buyon qaramaganmiz”, — dedi Saida Mirziyoyeva.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek