Bu nima degani? OTMlar kesimida davlat granti kvotalarini taqsimlaş bekor qilindi
2024/2025 öquv yili qabulidan boşlab:
davlat buyurtmasi parametrlarini davlat oliy taʼlim muassasalari kesimida taqsimlaş amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat taʼlim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklari böyiça kunduzgi taʼlim şaklida tasdiqlaş tartibi joriy etiladi, bundan oliy harbiy va harbiylaştirilgan taʼlim muassasalari mustasno;
davlat buyurtmasi böyiça kvotalar taqsimotida muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalariga ustuvorlik beriladi.
❓Bu nima degani?
Yaʼni endi davlat grantlari falon universitet uçun berilmaydi, balki yönaliş uçun ajratiladi. Masalan, Toşkent davlat yuridik universiteti uçun aniq grant örni bölmaydi, balki yurisprudensiya yönalişi uçun umumiy grant kvotasi ajratiladi.
Bunda respublikadagi barça OTMlardagi yurisprudensiya yönalişiga topşirgan abituriyentlar orasida kvota doirasida eng yuqori ball töplaganlari, qaysi OTMga topşirganidan qatʼi nazar, grantga kiradi. Bu degani endi ayrim OTMlarda grantga kirgan bironta talaba bölmasligi mumkin.
Rejaga köra, davlat grantining barça kvotasini bitta OTM olib qöyişining oldini oliş maqsadida OTM uçun 50% lik çeklov qöyiladi.
👉 @xushnudbek 👈

