«Bu telefon nomer oldin röyxatdan ötgan» desa, nima qiliş kerak?
❓“Bu telefon nomer oldin röyxatdan ötgan” desa, nima qiliş kerak?
#abituriyent
✅ JAVOB: Parolni tiklaş kerak.
Köpçilik abituriyentlar ötgan yili DTM saytida röyxatdan ötgan telefon raqami bilan yana bir marotaba röyxatdan ötişga urunişmoqda. Natijada ularga “Bu telefon nomer oldin röyxatdan ötgan!!!” degan ogohlantiriş çiqmoqda (1-rasm).
Bunday vaziyatda nima qiliş kerak?
Eng avvalo şuni bilingki, agar telefon raqam tizimda bor bölsa, unda siz qayta röyxatdan ötişingiz şart emas. Köpçilik hattoki boşqa yangi telefon raqam qidirişga ham tuşib ketadi, bu ham şart emas.
Sizga “Tizimga kiriş” yoki “Parolni tiklaş” funksiyalari yordam beradi.
1-variant: ötgan yilgi parolingizni yoddan bilsangiz, unda “Tizimga kiriş” degan joydan telefon raqamingiz orqali qayta tizimga kiring.
2-variant: agar ötgan yilgi parolni eslay olmasangiz, unda bu ham vahimali emas. Şunçaki, quyidagi amallarni bajaring:
a) “Parolni tiklaş” sahifasiga kiring. Telefon raqamingizni va söralgan matematik amalni kiritib, “Parolni tiklaş” tugmasini bosing (2-rasm);
b) 5100 raqamidan telefoningizga kelgan 6 ta simvolli parolni kiriting va “Tasdiqlaş” tugmasini bosing (3-rasm).
c) yangi parol qöying va “Kiriş” tugmasini bosing (4-rasm).
Böldi, qarabsizki, siz öz telefon raqamingiz bilan tizimga kirdingiz. Faqat yangi qöygan parolingizni yodda saqlang, u keyinçalik ham tizimga kirişda kerak böladi.
👉 @xushnudbek 👈

