Bugun, 1-avgustdan talabalar yotoqxonasi uçun ariza yuboriş boşlandi
❗️Bugun, 1-avgustdan talabalar yotoqxonasi uçun ariza yuboriş boşlandi
Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boşlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborişlari mumkin.
Reglamentga muvofiq, dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.
Imtiyozli röyxatga quyidagi mezonlarning biriga mos keluvçi talabalar kiritiladi:
a) tegişli tasdiqlovçi maʼlumotlar asosida:
➖ “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvçilari, yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan talabalar;
➖ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”, “Yoşlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oila (ayol) farzandlari;
➖ I va II guruh nogironligi bölgan talabalar;
➖ xorijiy davlat fuqarosi bölgan talabalar;
➖ bir oiladan bakalavriat bosqiçi kunduzgi taʼlim şaklida ikki yoki undan ortiq tölov-şartnoma asosida öqiyotgan oilalar farzandlari;
b) oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) buyruği asosida:
➖ xalqaro va Vazirlik tomonidan ötkaziladigan respublika miqyosidagi fan olimpiadalarida ğolib bölgan talabalar;
➖ Vazirlik tomonidan ötkaziladigan “Zakovat” intellektual öyinlari respublika bosqiçi ğoliblari;
➖ “Yil talabasi” körik-tanlovi respublika bosqiçi ğoliblari;
➖ “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining respublika bosqiçi ğoliblari;
➖ talabalar turar joyida talabalar kengaşi raisi, qavat sardori bölgan talabalar.
Şundan söng, umumiy röyxatdagi talabalar uçun yotoqxonada ortib qolgan örinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagiça taqsimlanadi:
▪️1-kurs talabalari uçun 55 — 65 foiz;
▪️2-kurs talabalari uçun 15 — 20 foiz;
▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uçun 20 — 25 foizgaça ajratiladi.
Arizalar qabuli 1-avgustdan boşlab öquv yili yakuniga qadar davom etadi.
Batafsil maʼlumot: 👉 https://lex.uz/uz/docs/-6568679
❗️Maʼlumot uçun, 2025/2026-öquv yilida OTM 1-bosqiçiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija çiqqandan söng ariza yuborişlari mumkin böladi. Ular uçun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars


