Bugun barça maktablarda «Birinçi qönğiroq» tadbirlari ötkazildi

Albom2-sentabr, 2025, 14:292 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Bugun barça maktablarda “Birinçi qönğiroq” tadbirlari ötkazildi

Şu munosabat bilan, Şavkat Mirziyoyev öquvçilar va ustoz-murabbiylarga tabrik yölladi.

Qadrli farzandlarim!
Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Muhtaram ota-onalar!

Avvalo, siz, azizlarni yurtimizdagi 10 mingdan ziyod maktablarda Özbekiston mustaqilligining 34-yillik bayramiga uyğun holda ötayotgan Bilimlar kuni bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Heç qaçon unutmang, maktab – bu möjiza, kitob, ustozlar ötadigan har bir dars – beqiyos xazinadir.

Oldingizga aniq maqsad qöyib, bor kuç-ğayratingiz, bilim va qobiliyatingiz bilan harakat qilsangiz, közlagan marralarga albatta yetasiz.

Bu yölda sizlarga sihat-salomatlik, yutuq va zafarlar tilayman, — deyiladi tabrikda.

Maʼlumot uçun: joriy yilda 720 ming nafardan ortiq öquvçilar 1-sinfga qadam qöyişmoqda va ularga 12 nomdagi öquv qurollaridan iborat “Prezident sovğasi” tantanali tarzda topşiriladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 4 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek