Diplomatiya

Bugun Bişkekda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo davlatlar sammiti bölib ötmoqda

Matn9-dekabr, 2022, 10:341 daqiqa0 koʻrish

Manba:davletovuz

Bugun Bişkekda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo davlatlar sammiti bölib ötmoqda. Qirğiz matbuotining yozişiça, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev sammitda iştirok etmaydi, Özbekiston rahbarining Qirğizistonga davlat taşrifi esa keyinroq alohida amalga oşiriladi.

Yozişlariça, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining Bişkek sammitida Özbekiston hukumati rahbari iştirok etadi. Özbekiston mazkur taşkilotda kuzatuvçi maqomiga ega.

Bundan oldinroq Şavkat Mirziyoyev 10-dekabr kuni uşbu mamlakatga taşrif buyurişi haqida maʼlum qilingandi, Özbekiston rasmiylari esa buni tasdiqlamagan edi.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek