Bugun foydali ikkita kitobning taqdimotida qatnaşdim

Albom11-yanvar, 2022, 22:002 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Bugun foydali ikkita kitobning taqdimotida qatnaşdim.

Özbekiston musulmonlari idorasida alloma Muhammad ibn Mahmud Ustruşaniyning “Jomiʼ ahkom as-siğor” asarining özbek tilidagi ilk naşri va "Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf" jome masjidi imom noibi Hasanxon Yahyo Abdulmajidning “Yöl harakati fiqhi” kitobi taqdimoti ötkazildi.

Ikkala kitob ham juda muhim va foydali. Ayniqsa “Yöl harakati fiqhi” kitobini imkon qadar köproq odam öqişi kerak. Bu kitob haydovçilar uçun ham, piyodalar uçun ham birdek foydali böladi. Ayniqsa, har yili yöllarimizda minglab insonlar halok bölayotgan bir paytda kitobning zaruriyati juda seziladi.

Mazkur kitobda Qurʼon va hadislarda yöl harakatiga oid kelgan hukm va odoblar, islomda transport vositalariga munosabat, haydovçilikning şartlari va şu mavzuga oid boşqa fiqhiy maʼlumotlar örin olgan.

❗️Barçaga uşbu kitobni albatta öqib çiqişni tavsiya qilaman.

👉 Onlayn buyurtma beriş

👉 Telegram orqali buyurtma beriş

Hajmi: 304 bet
Narxi: 33 000 söm

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2102
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek