Fikr

Bugun hayotdagi ustunim, ustozim, padari buzrukvorim 60 yoşga töldilar!

Foto1-yanvar, 2023, 00:541 daqiqa0 koʻrish

Manba:Xushnudbek - o‘ta shaxsiy

Bugun hayotdagi ustunim, ustozim, padari buzrukvorim 60 yoşga töldilar! Allohim umrlarini uzoq va barakali qilsin, ilohim.

Ota-ona tanlanmaydi. Kimga qanday ota-ona tuşişi faqat Allohning marhamati. Bu borada mening omadim kelgan. Beğubor, sodda, köngli oçiq, mehnatkaş ota nasib qilgan. Dadam peşona teri bilan halol rizq yedirgani uçun ham ulardan çeksiz minnatdorman. Birovni aldamadilar, özgalar haqqiga xiyonat qilmadilar, kimgadir yomonlik qilişni xayollariga ham keltirmadilar.

Halollikda gap katta. Farzandlaringizni halol rizq bilan katta qilişga harakat qiling.

Dadajon, sizga katta rahmat. Allohimga esa behisob şukr. Baxtimizga omon böling.

Şunisi aniqki, ming urinsam ham, sizdek yaxşi ota böla olmasam kerak…

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek