Tushuntirish

Bugun iş kuni töliq böladi, qisqartirilgan emas!

Matn29-avgust, 2025, 10:511 daqiqa0 koʻrish

Bugun iş kuni töliq böladi, qisqartirilgan emas!

Sababi Mehnat kodeksining 187-moddasida işlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik işning (smenaning) davomiyligi barça xodimlar uçun kamida bir soatga qisqartiriladi, deb belgilangan. "Arafasi" deganda qaçon nazarda tutilganiga şu moddaning ikkinçi bandida izoh berilgan: "bayramdan oldingi kuni".

✅ Xulosa:

iş vaqti 1 soatga qisqarişi uçun iş kunining ertasi kunida işlanmaydigan bayram kuni bölişi kerak. Odatiy yoki qöşimça berilgan dam oliş kunlari hisob emas.

Ertaga — 30-avgust. Heç qanaqa bayram kuni emas, odatiy şanba kuni.

Bizda Mustaqillik bayrami rasman 1-sentyabrga belgilangan. Demak, şundan bir kun avval, yaʼni faqat 31-avgust kunida iş vaqti 1 soatga qisqartirilişi mumkin xolos. Lekin joriy yilda 31-avgust yakşanba kuniga töğri keladi.

ℹ️ Maʼlumot uçun: ertaga — şanba kuni, 5 kunliklar uçun odatiy dam oliş, 6 kunliklar uçun esa iş kuni.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek