Bugun Nodirbek Abdusattorov London Chess Classic 2025 turnirida muddatidan oldin ğolibga aylanişi mumkin
♟ Bugun Nodirbek Abdusattorov London Chess Classic 2025 turnirida muddatidan oldin ğolibga aylanişi mumkin.
Hamyurtimiz ortda qolgan 7 ta turdan keyin yakka peşqadam bölib turibdi va eng yaqin taʼqibçisi Alirizo Feruzjadan naq 2 oçko oldinda. Bugun aynan Alirizo bilan öynaydi va durang ham uni çempionga aylantiradi.
Eng qiziği Nodirbek uşbu turnirda ketma-ket 6 ta ğalabaga erişdi. Jahon kubogidagi muvaffaqiyatsiz iştirokidan söng katta reyting oçkolari yöqotgandi va hozir bitta turnirning özida barça yöqotilgan oçkolarni qaytarib oldi. Yana bitta ğalaba qozonsa, dunyoning TOP-10 şaxmatçisi qatoriga qaytadi.
Öyinlar Toşkent vaqti bilan 20:50 da boşlanadi.
👉 @xushnudbek 👈


