Bugun Otabek Bakirov va Muhrim Aʼzamxöjayev bilan yangi podkast syomkasida körişgan edik
Bugun Otabek Bakirov va Muhrim Aʼzamxöjayev bilan yangi podkast syomkasida körişgan edik. Köp mavzular haqida gaplaşdik (oldindan reklama-anons qilib qöyay).
Otabek aka kanalida “Sağbon” podstansiyasidagi avariya haqida yozgani uçun “Hududiy elektr tarmoqlari” matbuot kotibi Otabek akani “Sağbon”ga çaqirib qoldi. Syomkani tugatib, hammamiz bordik.
Xullas, nega öçgani, nega avariya bölganidan allaqaçon xabardorsiz, menimça. Odamlarni qiziqtirayotgan asosiy savol: “svet” qaçon yonadi?
Biz ham şuni söradik. Olmazor tumani HET rahbarining aytişiça, ertalabgaça “svet” yonadi.
Yaʼni taxminan 3 soatda kuygan transformatorning örniga zaxiradagi boşqasini örnatişadi (boşqasini olib kelişgan, şu yerda turibdi, terib çiqiş kerak faqat). Keyin transformator moyini tekşirişib, yoqişga tayyorlaşadi.
Yana aytişdiki, taxminan 10 kunda Xitoydan kelgan yangi 40 minglik transformatorni örnatib bölişar ekan (xitoyliklarning özi örnatayotgan ekan). Undan keyin öşa 40 minglikni tarmoqqa ulaşib, eskilarini uzişarkan va Xitoydan kelgan ikkinçi 40 minglik yangi transformatorni örnatiş işlari boşlanarkan.
Bunga qadar “Sağbon” podstansiyasida 50 minglik transformatorlar turgan bölsa, kelgusida 2 ta yangisi örnatilgaç, 80 ming KVA quvvatga çiqarmiş.
👉 @xushnudbek 👈


