Bugun — öyin kuni!
Bugun — öyin kuni!
Soat 16:30 da 🇺🇿 Özbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi nimçorak finalida 🇹🇭Tailandga qarşi maydonga tuşadi.
Tailand kuçsiz raqib emas. Ular Osiyo kubogidagi 3 ta öyinda hali birorta töp ötkazib yubormagan yagona jamoa. Hatto Saudiya ham gol urolmadi (oxirgi turda balki kuç ayaşgandir).
Tailand bilan şu çoqqaça 12 marta öynaganmiz. 6 marta yutib, 6 marta yutqazganmiz.
Xullas, bugun murosasiz öyin köramiz. Yigitlarimizga omad tilaymiz.
💪 Olğa, Özbekiston!
Ming afsuski, bizda jarohatlar köpaydi. Oxirgi öyinda Igor Sergeyev ham jiddiy jarohati sabab turnirni töliq ötkazib yuboradigan böldi. Şuningdek, Otabek Şukurov ham şamollab, isitma qilayotgani uçun şifokorlar öyinga ruxsat bermadi. Xudo xohlasa, çorak finalga çiqsak, Otabek tuzalib safga qaytadi, degan umiddamiz.
👉 @xushnudbek 👈



