Bugun, soat 17:00 da «Yoşlar ijod saroyi»da bir xayriya körgazmasi bölib ötadi

Albom18-sentabr, 2023, 11:572 daqiqa0 koʻrish

Bugun, soat 17:00 da “Yoşlar ijod saroyi”da bir xayriya körgazmasi bölib ötadi.

Maqsad gematologik va onkologik kasalliklar bilan kuraşayotgan bolalarni qöllab-quvvatlaş.

Aniqroği uşbu körgazmada mana şu kasalliklarga çalingan 133 nafar bemor bolalar tomonidan çizilgan 650 ta surat körgazmaga qöyiladi.

Bu hali hammasi emas. Sizda uşbu bolalarning davolanişi, dori-darmoniga ham maʼnaviy, ham moddiy yordam beriş imkoni bor.

Körgazmada bemor bolalar tomonidan çizilgan 26 ta surat auksionga qöyiladi. Sotuvdan tuşgan pullar esa öşa bolalarning davolanişiga sarflanadi. Albatta, rasmlar sotuvidan jaa katta pul tuşmaydi, bu onkologik kasalliklarga qarşi davolanişda urvoq ham bölmasligi mumkin. Lekin asosiysi summada emas, asosiysi bu bolalar uçun öziga xos motivatsiya va quvonç böladi. Hozir uşbu bolajonlarga öziga bölgan ishonch juda muhim.

Xullas, sizda ham imkon bölsa, keling. Körgazmani tomoşa qiling. Kiriş va tomoşa qiliş — bepul. Agar mabodo moliyaviy imkoningiz bölsa, unda birorta rasmni sotib oling. Bu ham savob, ham madad böladi, Xudo xohlasa.

P/S: oxirgi rasmda 11 ta qöl izlari tuşirilgan. Bu 11 nafar bemor bolalarning qöllari. Rasm tagidagi izoh esa juda taʼsirli: “Bugungi kunda uşbu bolalardan faqat Bahromjongina hayot va u ayni vaqtda Gematologiya markazida davolanmoqda”😢

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek