Muhim

Bugun «Taşabbusli byudjet»ning 2-mavsumiga loyiha kiritişning oxirgi kuni

Matn6-avgust, 2023, 16:011 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzFuqarolar 6-avgustgaça taşabbuslar kiritişi mumkin. Uşbu mavsum uçun tuman va şahar budjetlaridan 1 trln sömdan ortiq mablağ yönaltirilişi kutilmoqda.

❗️Bugun “Taşabbusli byudjet”ning 2-mavsumiga loyiha kiritişning oxirgi kuni

Agar mahallangizni obod qiliş böyiça taklifingiz bölsa, https://openbudget.uz/boards-list/31 sayti orqali taşabbus kiritişingiz mumkin.

Hozirgaça 48 ming 346 ta taşabbus kiritilgan. Bu avvalgi mavsumlarga nisbatan kamroq natija. Moderatsiyadan keyin bu raqam yanada kamayadi, çunki ayrim taşabbuslar rad etiladi.

Taşabbuslar sonining kamayişiga turli sabablar bor. Masalan, mahallalarda aholi özaro muzokara qilib, hammaning nomidan bitta taşabbus kiritişga kelişib olişmoqda. Va aynan qaysi loyihaga ovoz berişni odamlarning özi oldindan hal qilmoqda.

Taşabbuslar soni kamligiga sabablardan yana biri, joriy yildagi birinçi mavsumda ğolib bölgan köplab loyihalar haligaça moliyalaştirilmadi va bajarilmadi. Şu sababli aholida tizimga nisbatan biroz işonçsizlik ham paydo böldi.

❗️Dastlabki hisob-kitoblarga köra, uşbu mavsum uçun tuman (şahar) byudjetlari hisobidan 1 trln sömdan ortiq mablağlar yönaltirilişi kutilmoqda (mazkur mablağlar mavsum yakuniga qadar ortib boradi).

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek