Bugun test sinovi uçun tölovni amalga oşirişning sönggi kuni
❗️Bugun test sinovi uçun tölovni amalga oşirişning sönggi kuni. Soat 23:59 gaça tölov qiliş kerak!
Avvalgi yillarda taʼlim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovida iştirok etiş uçun 165 ming söm miqdorida tölovni amalga oşirişlari lozim.
Tölov qilmaganlar röyxatdan ötmagan hisoblanadi va testga kiritilmaydi.
‼️ESLATMA: ayrimlar çet tilidan ijodiy imtihon olinişi belgilangan 8 ta OTM uçun ham bugun tölov qilsa böladi, deb yurişgan ekan. Yöq, bölmaydi! Uşbu yönalişlarga hujjat qabul qiliş allaqaçon — 10-iyuldayoq tugab bölgan. Hatto bugun ularning imtihoni ham boşlandi. Kim vaqtida tölov qilmagan bölsa, ular röyxatdan ötmagan deb hisoblangan.
Aslida 10-iyulda tölov qilişga ulgurmaganlar, 20-iyulgaça qabul böladigan boşqa yönalişlardan birini tanlaşi kerak edi. Şunda 1 yil vaqtdan yutqazmasligi mumkin edi. Hozir endi ham unisidan, ham bunisidan qolib ketdi. Öz taqdiringizga bu darajada eʼtiborsiz bölmang, iltimos.
👉 @xushnudbek 👈


