Bugun tunda «Taşabbusli byudjet»da ovoz beriş boşlanadi
❗️Bugun tunda “Taşabbusli byudjet”da ovoz beriş boşlanadi. Lekin Farğona şahri iştiroki vaqtinça çeklanadi
Bugun, 21-avgust soat 23:59 da “Taşabbusli byudjet” doirasida saralaşdan ötgan loyihalarga ovoz beriş bosqiçi boşlanadi.
2026-yilgi 2-mavsum doirasida fuqarolar tomonidan jami 23 551 ta loyiha kelib tuşgan bölib, şulardan 20 254 tasi işçi komissiyalar tomonidan saralaş bosqiçidan ovoz beriş bosqiçiga ötkazildi.
Ammo Farğona viloyatining Farğona şahrida ayrim loyihalar işçi komissiya tomonidan asossiz ravişda rad etilgani maʼlum böldi.
📃 Mazkur holat yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan loyihalarni qayta körib çiqiş yuzasidan sörov yuborilgan bölsa-da, Farğona şahri işçi komissiyasi tomonidan loyihalar qayta körib çiqilişi taʼminlanmagan.
Şu munosabat bilan işçi komissiya tomonidan loyihalar amaldagi mezonlarga muvofiq qayta körib çiqilmagunga qadar Farğona şahrida ovoz beriş bosqiçi vaqtinça çeklanadi.
👉 @xushnudbek 👈



