Bugun Yuriy Dud kanalida Moldova prezidenti Mayya Sandu bilan intervyu eʼlon qilindi
Bugun Yuriy Dud kanalida Moldova prezidenti Mayya Sandu bilan intervyu eʼlon qilindi.
Intervyuni körgan Muhrim bir qiziq joyiga eʼtibor qaratmoqda.
2022-yili Moldovada gaz inqirozi bölgan ekan. Sandu aytyaptiki, Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi “Moldovagaz” bizdan 700 (yetti yuz) mln dollar qarz, şu qarzni Moldova hukumati öz zimmasiga olib, tölamasa, biz boşqa gaz bermaymiz, deb şart qöygan. Sanduning maʼmuriyati xalqaro auditorlarni jalb qilib, “Gazprom” keltirgan hisob böyiça qarzdorlikni hisoblab çiqsa, qarz “Gazprom” aytganidek 700 mln emas, atigi 8 (sakkiz) mln dollar bölib çiqqan. Hozir Moldova gazni Yevropa bozoridan sotib olayotgan ekan.
"Sanduning intervyusidagi bu parça nimasi bilan eʼtiborga molik? Şunisi bilanki, birinçidan, bu ssenariy 2019-yili “Lukoyl”ga 600 mln dollar qarz bölib qolganimizga öxşarkan, ikkinçidan, Rossiya kompaniyasi xalqaro auditorlarni jalb etmasligimizni bilib, bizni çuv tuşirgan bölsa kerak. Tağinam kim bilsin", — deb yozyapti Muhrim.
👉 @xushnudbek 👈


