Bugungi kunda jahon miqyosida 50 millionga yaqin kişi özbek tilida sözlaşmoqda

Foto21-oktabr, 2022, 10:301 daqiqa0 koʻrish

Bugungi kunda jahon miqyosida 50 millionga yaqin kişi özbek tilida sözlaşmoqda

Bu haqda 21-oktabr – Özbek tili bayrami munosabati bilan Şavkat Mirziyoyevning Özbekiston xalqiga yöllagan bayram tabrigida maʼlum qilindi. Jumladan, tabrikda şunday deyiladi:

«Avvalo, Siz, azizlarni bugungi qutluğ ayyom – Özbek tili bayrami bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Inson uçun kindik qoni tomgan Vatani, dunyoga keltirib voyaga yetkazgan ota-onasi qançalik aziz va mukarram bölsa, uning özligi va maʼnaviy olamini belgilaydigan ona tili ham şunçalik qadrli va möʼtabardir».

Şuningdek, davlat rahbari özbek tilining nufuzi va maqomini yuksaltiriş yölida qilinayotgan işlarni sanar ekan, yaqinda qabul qilingan qonunlarga asosan reklama va tarğibot materiallarini davlat tilida eʼlon qiliş tartiblari hamda davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilişda özbek tilini biliş darajasi böyiça aniq talablar belgilanganini taʼkidladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek