Tushuntirish

Bundan buyon grant kvotalarini Prezident, kontrakt kvotalarini OTMlarning özi tasdiqlaydi

Matn12-may, 2023, 10:511 daqiqa0 koʻrish

Bundan buyon grant kvotalarini Prezident, kontrakt kvotalarini OTMlarning özi tasdiqlaydi

Prezidentning 279-son qarorida (15.06.2022-y.) bu haqda tegişli qoida belgilangan.

Unga köra 2023/2024-öquv yilidan boşlab:

➖ davlat oliy taʼlim muassasalariga öqişga qabul qilişning davlat buyurtmasi parametrlari (kvota) faqat davlat granti böyiça tasdiqlanadi;

➖ tölov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari esa, moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlarda Kuzatuv kengaşlari qarori bilan, qolganlari tegişli vazirlik va idoralar bilan kelişilgan holda tasdiqlanadi hamda har yili 20-iyunga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

Maʼlumot uçun: mazkur qarorga köra, har yili 1-mayga qadar Davlat komissiyasi davlat OTMlarining bakalavriat va magistraturasiga qabul qiliş böyiça davlat granti asosidagi davlat buyurtmasi parametrlarini şakllantiradi hamda tasdiqlaş uçun Prezidentga kiritadi. Demak, aslida qoida böyiça, grant kvotalari allaqaçon Prezidentga kiritilgan bölişi kerak va balki tez orada tasdiqlanib qolar (agar rostdan öz vaqtida kiritişgan bölsa).

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek