Tushuntirish

Buxoroda elektr taqçilligini bartaraf etiş uçun nimalar qilinadi?

Matn17-fevral, 2023, 17:441 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Buxoroda elektr taqçilligini bartaraf etiş uçun nimalar qilinadi?

Ayni daqiqalarda Buxoro faollari bilan bölib ötayotgan uçraşuvda Şavkat Mirziyoyev elektr taqçilligini bartaraf etiş böyiça rejalaştirilayotgan çoralar haqida maʼlumot berdi.

2023-yilda Buxoroda yillik elektr isteʼmoli 4,3 milliard kilovatt soatni taşkil etib, taqçillik 150 million kilovatt soat bölişi kutilmoqda.

Şu sababli:

1) 740 ta korxonada 22 Megavattli va 6 mingta xonadonda 7 Megavattli quyoş panellari örnatiladi (30 million kilovatt soat elektr işlab çiqariladi);

2) 726 ta ijtimoiy soha va davlat idoralari, köp qavatli uylarda 11 Megavattli quyoş panellari örnatiladi (bu 10 million kilovatt soat);

3) reja böyiça elektr tarmoqlarini yangilaş hisobiga 50 million kilovatt soat elektr yöqotişlar kamaytiriladi;

4) 45 ta yirik sanoat korxonalarida energiya sarfi yuqori bölgan uskunalar almaştiriladi (60 million kilovatt soat iqtisod qilinadi);

5) “Amu-Buxoro” nasos stansiyasida çastotali boşqariş vositalarini yangilaş hisobiga bu yil 60 million, kelgusi yil 100 million kilovatt soat iqtisod qilinadi;

6) huquqni muhofaza qiluvçi organlar elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanişlarni qatʼiy nazoratga olib, talon-torojlikka çek qöyişi kerak.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek