Tushuntirish

Byudjetga kirdim, boşqa yönalişga kontraktga özgartira olamanmi?

Matn15-avgust, 2026, 17:521 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzAbituriyentlar yakuniy mandat çiqqandan söng öqişga kirgan yönalişini özgartira olmaydi. Ustuvorlik böyiça qaysi biriga kirgani kompyuterda aniqlanadi.

❓Byudjetga kirdim, boşqa yönalişga kontraktga özgartira olamanmi?
#abituriyent

❌JAVOB: Yöq, özgartira olmaysiz.

Xullas, endi heç narsani özgartira olmaysiz. Qaysi yönalişga grantga kirgan bölsangiz, öşa yerda grantda, kontraktga kirgan bölsangiz, öşa yerda kontraktda öqiysiz.

Yönaliş tanlayotganda öz şaxsiy tanlovingizni qilib bölgansiz, “endi bunga ötsam-çi, endi unga ötsam-çi”, degan savollardan foyda yöq.

❓Ball sotib olsa böladimi?

Boşqa yönalişga 1 ball yetmabdi, endi ball sotib olsam böladimi, deb ham söraşadi. Bunaqa amaliyot yöq. Heç qanaqa ball sotib olib bölmaydi.

❓Öqişga KIRGANLAR boşqa yönalişga super-kontraktni tanlay oladimi?

Masalan, birinçi va ikkinçi yönalişga bali yetmadi, lekin uçinçi yönalişga öqişga kirdi. Abituriyent uçinçi yönalişda öqişni istamay, birinçi yoki ikkinçi yönalişda super-kontraktda öqiy oladimi?

✅ Bu masala hozirça oçiq turibdi, joriy yilgi tartib tasdiqlanmagan.

Ötgan yili abituriyent özi tanlagan BIRINÇI yönalişga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yönalişlardan biriga öqişga kirgan bölsa, unda istisno tariqasida faqat BIRINÇI tanlagan yönalişida super-kontraktda öqişiga ruxsat berilgan edi. Bu istisno 2, 3 yoki 4-yönalişga taalluqli emas. Yaʼni 3 ga kirgan bölsa, 2-yönalişda super-kontraktda öqiy olmasdi, faqat BIRINÇIga ruxsat berilgandi. Joriy yilgi tartib tadsiqlansa, qöşimça xabar beriladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek