Çet elliklar farzandlarini maktabga joylaştiriş uçun onlayn ariza beriş imkoniyatiga ega böldi
Özbekistondagi çet elliklar ham farzandlarini maktabga joylaştiriş uçun onlayn ariza beriş imkoniyatiga ega böldi
My.gov.uz'da Özbekistonda doimiy yoki vaqtinça yaşayotgan çet elliklar farzandlarini maktabga joylaştiriş uçun masofadan ariza beriş imkoniyati yaratildi.
Uşbu xizmatdan foydalaniş uçun çet el fuqarolaridan:
— özi va farzandiga JŞŞIR oliş;
— bolaning fan baholari qöyiladigan hujjati va uning özbek tilidagi tarjimasi;
— bolaning soğligi töğrisida maʼlumotnoma talab qilinadi.
Agar arizani bolaning ota-onasi örniga qonuniy vakil topşirsa, buni tasdiqlovçi hujjat ham ilova qilinadi.
📝 Arizani bu yerda töldiriş mumkin:
https://my.gov.uz/uz/service/665
👉 @xushnudbek 👈



