Muhim

Çiroqçi tumani hokimi Fayzulla Yusupov bir fuqaroga tarsaki tortgani uçun intizomiy jazoga tortildi

Matn2-avgust, 2024, 19:051 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Ijtimoiy tarmoqlarda Çiroqçi tumani hokimi Fayzulla Yusupov bir fuqaroga tarsaki tortgani bilan boğliq video tarqaldi.

Uşbu masala Qaşqadaryo viloyati hokimligi apparat yiğilişida keskin muhokama qilingan. Tuman hokimi F.Yusupov şu va iş faoliyatida yöl qöygan boşqa kamçiliklari uçun intizomiy jazoga tortilgan.

Tuman hokimi har bir fuqaro bilan xuşmuomala va hurmat bilan munosabatda bölişi, muloqot çoğida odob-axloq qoidalariga qatʼiy rioya qilişi uqtirildi va kelgusida bu kabi holatlarga yöl qöygan taqdirda tegişli javobgarlikka tortilişi töğrisida qatʼiy ogohlantirildi.

Qaşqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek