Dars boşlandi, sinflar esa sovuq va böm-böş

Matn12-yanvar, 2023, 20:161 daqiqa0 koʻrish

Dars boşlandi, sinflar esa sovuq va böm-böş

ÖzA muxbirlari keça Samarqanddagi, bugun Navoiydagi maktablardagi öqiş jarayonlarini borib örganişdi.

Samarqand

Samarqand şahardagi bir neçta maktablarda davomat öttiz foizga ham yetmagan. Xususan, 2370 nafar öquvçi tahsil oladigan 35-maktabning 1-smena darslariga 300 nafarga yaqin (12,6%) öquvçi kelgan. 1500 dan ortiq öquvçi örniga ega 30-maktab esa 200 nafar (13,3%) öquvçi bilan taʼtildan keyingi maşğulotlarni boşladi. Gaz bosimi pastligidan xonalar yaxşi isitilmagan, öqituvçi va öquvçilar qişki kiyimlarda ötiribdi.

Samarqanddagi 37-ixtisoslaştirilgan maktabda ham davomat 20 foiz atrofida. 6-maktabda 1-smenada 550 nafar öquvçidan 100 nafardan ortiği (18%), 2-smenada 360 nafar öquvçidan 80 nafari (22%) darsga kelgan.

Navoiy

Navoiy viloyatida 363 ta maktabning 230 tasida hokimliklarning tavsiyasi bilan bugundan darslar boşlandi.

Navbahor tumanidagi 22-maktabda 1-smenada 24,7% öquvçi kelgan, sinfxonalar harorati yaxşi.

5-maktabda esa 33% davomat, lekin sinf xonalari sovuqligi bois darslar qisqartirilgan holda ötilgan va öquvçilarga javob berilgan. Maktab gazda isiydi, lekin gaz bosimi juda past.

Karmana tumanidagi 5-ixtisoslaşgan maktabda bugun davomat 32% bölgan, ammo sinf xonalarining sovuqligi bois öquvçilarga javob berib yuborilgan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek