Davlat idoralariga byudjet hisobidan Yangi yil korporativlarini ötkaziş taqiqlandi
❌ Davlat idoralariga byudjet hisobidan Yangi yil korporativlarini ötkaziş taqiqlandi
Bu haqda “Daryo” hukumatdagi manbalariga tayanib xabar berdi.
Unga köra, Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan vazirliklar, idoralar, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari hamda davlat uluşi 50 foizdan kam bölmagan xöjalik birlaşmalariga byudjet va undan taşqari mablağlar hisobidan Yangi yil korporativlarini ötkaziş va bayram dasturxonini yoziş man etiladi.
Bu taqiq aynan byudjet va byudjetdan taşqari mablağlarni sarflamaslikka qaratilgan bölib, davlat organlari va taşkilotlari xodimlari öz oylik maoşlari hamda rağbat pullari hisobiga işdan taşqari vaqtlarda Yangi yil bayrami tadbirlarini taşkil etişlari mumkin.
Davlatga qaraşli bölmagan tijorat taşkilotlari, xususiy firmalar va kompaniyalar bundan mustasno.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars
