Davlat organlarida rahbarning maʼnaviyat va davlat tili maslahatçisi lavozimi joriy etiladi
❗️Davlat organlarida rahbarning maʼnaviyat va davlat tili masalalari böyiça maslahatçisi lavozimi joriy etiladi
Bu böyiça Prezident qarori qabul qilindi.
Bu lavozim 2026-yil 1-yanvardan boşlab joriy etiladi.
Şuningdek:
🔹 taʼlim qardoş tillarda olib boriladigan umumiy örta taʼlim taşkilotlari uçun özbek tilini örgatiş böyiça darsliklarning davriyligi asosida yangi avlodi yaratiladi;
🔹 2026-yildan boşlab maktabgaça taʼlim yoşidagi bolalar uçun “Mening ilk izohli luğatçam” rasmli luğat kitobi yaratiladi;
🔹 bolalarga özbek tilini örgatiş böyiça zamonaviy animatsion video va audio mahsulotlar işlab çiqiladi;
🔹 Alişer Navoiy nomidagi xalqaro özbek tili olimpiadasi ötkazib boriladi. Bunda olimpiada ğoliblari respublika OTMlarining “filologiya va tillarni öqitiş: özbek tili va adabiyoti” taʼlim yönalişiga umumiy qabul kvotasidan taşqari davlat granti asosida öqişga qabul qilinadi;
📔 “Özbekiston milliy qomusi” elektron şaklda tayyorlanadi va eʼlon qilinadi;
❗️özbek tilini sunʼiy intellekt yordamida qöllab-quvvatlaşga xizmat qiladigan platforma işlab çiqiladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 3 Telegram Stars



