Davronbek Tojialiyev hayotidagi yaxşi insonlar haqidagi xotiralari bilan bölişdi
Yaxşi odamlar
Davronbek Tojialiyev özining Telegram kanalida hayotidagi yaxşi insonlar haqidagi xotiralari bilan bölişdi. Sizlarga ham ilindim:
“Hozirgi turgan ijara-kvartiramda qariyb 12 yildan beri yaşayman. Hamid Olimjon va Puşkin metrolariga yaqin, Oqqörğon masjidi yonida. Yaxşi joylar. Kvartira egasi ham “dom”dan 100 metr naridagi mahalla boşida, hovlida turadi.
Dastlab kvartiraga kelganimda biroz injiqroq köringan kampir (uyning egasi) hisob-kitobni yaxşi yuritar edi. Oy boşlanişi bilanoq, qönğiroq qilib ijara pulini eslatardi. Uy haqini doim dollarda (150$) qabul qilib olar va temir daftariga yozib qöyardi. Kampir 80 dan oşgan bölsa ham hujjat işlariga ham pişiq, qanday muammo yuz bersa hal qilişga doim kömaklaşardi. “Vaqtinçalik propiska” degan tartiblar qiyinlaşgan paytida ham ança-munça hujjatlarni özi va men bilan birga yugurgan, oğirimni yengil qilgan edi. Ötgan 7-8 yil davomida narx-navo neça marta oşdi, lekin kampir ijara narxini oşirmadi.
Baʼzida çol-kampirning oldiga baʼzi yumuşlar bilan çiqsam, olib qolişar, birga taomlanardik. Ota özi va yaqinlarining tarixi haqida gurung berardi. “Davronbek, tez-tez çiqib turing, mana şunaqa gaplaşib ötiraylik” derdi.
Kunlarning birida kampir vafot etdi. Ota yolğizlanib qoldi. Endi hisob-kitobni otaxonning Koreyadan qaytgan öğli bilan amalga oşiradigan böldim. Bir kuni kampirning öğli gap orasida aytib qoldi: “Adamga opalarim kvartira narxini oşiraylik, hozir heç kim 150$ ga ijaraga qöymaydi, deb rosa gapirişdi. Adam yöq deb turib oldilar. Davronbek yaxşi bola. Şunça payt onalaring şu pulga gaplaşdimi, endi uni oşirmayman, dedilar”.
Bir yildan keyin otaxon ham boqiy dunyoga rixlat qildi. Men esa hali ham ijaraga 150$ tölardim. Ota vafotidan keyin narxni kötariş masalasi yana kötarilibdi. Bu safar öğil könmabdi. Ötgan yili rossiyaliklar kelib ijara narxlari ikki baravar kötarilgandan keyin özim 50$ qöşib beradigan böldim. U ming istihola bilan rozi böldi.
Bular menga yetti yot begona, lekin Alloh menga uçratgan yaxşi odamlardan. Hozirgi davrda aynan pul borasida bunaqa yaxşilik qiluvçilar yaqinlar orasida ham topilişi qiyin.
* * *
Talabalikning ilk yili. Uydan deyarli pul olmayman. 0,25 stavka gazetada işlayman. Ijarada turaman. Stipendiya va oylik zörğa yetadi. Hali boşqa gazetalardan ham gonorar olib, öziga töq talaba bölmagan paytlarim.
Bir kuni özimiz tarafdan bölgan, bizga uzoq qarindoşçiligi bor bir talabaning dadasi kelib qoldi. Meni ham körib qolib, gaplaşib qoldik. Suhbat oxirida menga ğamxörlik qilmoqçi böldi-da, qanday qilib pul berişga xijolat bölib, qöyarda-qöymay, “soçingiz ösib ketibdi-ku, yengillatib olarsiz” deya çöntagimga pul solib qöydi. Uyga borganda sanab körsam, 10 ta soç oldirişga yetadigan pul taşlab ketgan ekan.
Rahmatli ajoyib inson ekan-da. Pulni şundoq berib qöysa ham bölardi. Lekin meni öylagan ekan. Hamiyatiga tegmasmikan degan ekan. Soç esa bahona ekan”.
Post tugadi.
Davomi Davronbek akaning Telegram kanalida.
👉 @xushnudbek 👈


