Diqqat, viktorina!
Diqqat, viktorina!
Bilaman, hozir minglab insonlar sabrsizlik bilan mandatni kutmoqda. Şu sababli vaqtni biroz mazmunli ötkaziş uçun bayram viktorinasi ötkazmoqçiman.
Ğolibga şaxsiy kutubxonamdan 10 dona kitob sovğa qilaman.
Savolni eşiting:
Joriy yil testga kirib çiqqanimdan xabaringiz bölsa kerak. Yuqorida titul varağimning rasmi turibdi.
Şu rasmni Fotoşop dasturida montaj qilib, 3 ta joyiga özgariş kiritganman:
1) Yuqori öng tomondagi ştrix-kodni qizil kvadrat bilan yopganman;
2) Yaşil rangda “NAJOT ILMDA” degan yozuv qöşganman.
❓Diqqat, savollar:
a) Fotoşopda uçinçi özgariş qayerga kiritilgan?
b) bu özgarişni qanday topganingizni mantiqiy izohlab bering.
Şu ikkala savolga birinçi töğri javob bergan kanalimiz obunaçisiga 10 ta kitob sovğa qilaman.
❗️Lekin asosiy şarti tavakkaliga “falon joyi özgargan” degan javoblar qabul qilinmaydi, albatta javobni mantiqiy izohlaş kerak.
Marhamat, zakovatingizni sinab köring! Omad!
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2



