Muhim

Dok-1 Maks va Ambronoldan jabrlangan oilalarga kompensatsiyalar töliq tölab berildi

Matn28-oktabr, 2026, 13:441 daqiqaTelegramʼdagi koʻrishlar: 160 ming
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzSud qarori bilan 85 nafar fuqaroga 78 mlrd söm zarar undirilişi belgilangan. Hozirça S.Kariyevning mulklari va mablağlari hisobidan 16,7 mlrd söm tölandi.

❗️Prezident topşiriği: “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dori vositalaridan jabrlangan oilalarga kompensatsiyalar töliq tölab berildi

Maʼlum qilinişiça, 90 nafar jabrlanuvçi foydasiga jami 82 milliard söm kompensatsiya tölovi undirilişi belgilangan edi.

Biroq aybdorlarning xatlangan mol-mulkini sotiş jarayoni çözilgani sababli bugungi kunga qadar uşbu mablağning 20 foizi, yaʼni 16,8 milliard söm tölangan, xolos.

Prezident tomonidan jabrlangan oilalarga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni töliq qoplab beriş işlarini tezlaştiriş böyiça topşiriq berildi.

Şunga asosan davlat byudjetidan 65,2 milliard söm ajratildi. Şu tariqa bugunga qadar 88 nafar jabrlanuvçiga jami 80 milliard söm, şu jumladan, vafot etgan 72 nafar bola oilalariga 72,2 milliard söm, davolangan va davolanayotgan 16 nafar bola oilalariga esa 7,8 milliard söm tölandi.

Bank kartalari bilan boğliq texnik masalalar hal etilgandan söng 2 nafar bolaning oila aʼzolariga ham qolgan 2 milliard söm töliq tölab beriladi.

Byudjetdan ajratilgan 65,2 milliard söm mablağ aybdor şaxslarning mol-mulkini sotişdan tuşgan va ulardan undirilgan mablağ hisobidan respublika byudjetiga qaytariladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 7 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek