DXX: Böston tumani hokimining ikki örinbosari qamoqqa olindi
DXX: Böston tumani hokimining ikki örinbosari qamoqqa olindi
Andijon viloyati Böston tumani hokimining investisiya hamda qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosarlari özaro til biriktirib, xizmat mavqeidan foydalangan holda, tumandagi fermer xöjaligining 500 ming AQŞ dollarlik eksport rejasini soxta eksport operatsiyalari orqali yopib beriş evaziga 65 mln söm miqdorida pora talab qilişgan.
Tuman hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari joriy yilning avgust oyida söralgan pulning 25 mln. sömini avans sifatida oladi. Qolgan qismini esa, yaʼni 40 mln. sömni tuman hokimining investisiya masalalari böyiça örinbosari orqali olayotgan paytda aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Hozirda holat yuzasidan mazkur mansabdor şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v”, “g” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllandi.
👉 @xushnudbek 👈



