Muhim

DXX: hokim örinbosari, içki işlar organlari xodimlari va elektr tarmoqlari xodimlari pora bilan uşlandi

Video23-may, 2024, 11:314 daqiqa0 koʻrish

DXX: hokim örinbosari, içki işlar organlari xodimlari va elektr tarmoqlari xodimlari pora bilan qölga olingan

Sirdaryo viloyatining Xovos tumani hokimi örinbosari qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş va eksport qiliş bilan şuğullanuvçi MÇJga tegişli yerlarni hokimlik zaxirasiga olmaslik, aksinça, suğoriş işlariga şaroit yaratib beriş va faoliyatiga heç kim aralaşmasligi evaziga 20 ming AQŞ dollari talab qilib, 1 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.

***

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toşkent viloyat filialining bölim boşliği va muhandisi özaro til biriktirib, Qibray tumanidagi qandolatçilik mahsulotlari işlab çiqaruvçi korxonani 3 fazali elektr tarmoğiga ulaş va transformator örnatib beriş, şuningdek, boşqa texnik hujjatlarini tayyorlaşda kömaklaşiş evaziga 39 ming AQŞ dollari miqdorida pora talab qilişadi.

Muhandis söralgan pul mablağidan 30 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida uşlandi.

***

Qaşqadaryo viloyati Qarşi tumani IIB jinoyat qidiruv bölinmasi katta tezkor xodimi özining iş yurituvida bölgan tergovga qadar tekşiruv materiali yuzasidan yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan jinoyat işi qözğatişni rad etiş evaziga, tamagirlik yöli bilan undan 1500 AQŞ dollari miqdorida pora talab qiladi va avvalroq uşbu pul mablaği hisobidan 400 AQŞ dollari oladi.

Lekin, u talab qilingan puldan yana 400 AQŞ dollarini olgan vaqtida uşlandi.

***

Toşkent şahar Sergeli tumani IIO FMB 2-sonli içki işlar bölimi profilaktika inspektori 5 ming AQŞ dollarini pora sifatida olgan vaqtida uşlandi.

Aniqlanişiça, u uşbu pul mablaği evaziga, özaro janjal oqibatida xorijiy fuqaroga tan jarohati yetkazgani böyiça mahalliy fuqaroga nisbatan jinoyat işi qözğatmasdan, holatni maʼmuriy huquqbuzarlik sifatida malakalaşni vaʼda qilgan.

***

Hozirda barça holatlar yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, mazkur şaxslarga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek