DXX kubogi – 2025
DXX kubogi – 2025. Final bosqiçiga qurʼa taşlandi
2021-yildan boşlab respublika yoşlari örtasida futbol hamda mini-futbol böyiça Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalari ötkazilib kelinmoqda.
Joriy yilda 254 ming nafardan ortiq yoşlar iştirok etgan musobaqa öğil bolalar örtasida futbol va mini-futbol hamda qizlar örtasida mini-futbol böyiça quyidagi uç bosqiçda ötkazilmoqda:
1️⃣ Birinçi bosqiç – tuman/şaharlar kesimida aprel-may oylarida ötkazildi;
2️⃣ Ikkinçi bosqiç – Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri miqyosida iyun-iyul oylarida ötkazildi;
3️⃣ Respublika bosqiçi – 18-23-avgust kunlari “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonlarida taşkil etilib, unda 42 ta jamoa ğoliblik uçun kuraşadi. Final öyini esa 23-avgust kuni “Jar” stadionida ötkaziladi.
Sovrinlar:
Respublika bosqiçida – öğil bolalar örtasida futbol va mini-futbol böyiça ğolib bölgan jamoalar mahallasiga mini-futbol maydoni, 2-örinni egallagan jamoalar uçun universal sport maydoni (basketbol va voleybol öyinlari uçun möljallangan), 3-örinni egallagan jamoalar mahallasiga “Stritbol” (bir savatli köça basketboli) sport maydoni qurib beriladi.
Qizlar musobaqasida ğolib va sovrindor bölgan jamoalar pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars


