DXX: Namanganda hokim yordamçisi, Toşkent viloyatida esa mansabdorlar uşlandi
❗️DXX: Namanganda hokim yordamçisi, Toşkent viloyatida esa “Yagona buyurtmaçi xizmati” direktori örinbosari va Ekologiya bölimi boşliği uşlandi
➖ Toşkent viloyati hokimligining “Yagona buyurtmaçi xizmati” direktori örinbosari “Şaffof quriliş” tizimi orqali şartnoma qiymati 2 mlrd 73 mln söm bölgan obyektni kapital taʼmirlaş böyiça ğolib bölgan pudratçi taşkilot hisob raqamiga bönak sifatida 1,1 mlrd söm ötkazib bergani evaziga muqaddam MÇJ rahbaridan tamagirlik yöli bilan 2 ming AQŞ dollari olgan.
Şuningdek, u pudratçi taşkilot tomonidan quriliş işlari belgilangan muddatlarda bajarilmagani sababli, undan 643 mln 530 ming söm penya undiriş böyiça Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritilgan daʼvo arizasidan voz keçiş orqali MÇJ foydasiga ajrim çiqartirib bergani evaziga 5 ming dollar olgan vaqtida uşlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanildi.
***
➖ Toşkent viloyati Ekologiya boşqarmasining tumanlardan biridagi bölimi boşliği fuqaroning quriliş işlari uçun köp yillik daraxtlarni kesib taşlaşiga ruxsat beriş evaziga 3 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanildi.
***
➖ Namangan viloyati Pop tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamçisi davlat zaxirasidagi 90 sotix yer maydonini kelgusida töyxona quriş uçun olib beriş va tegişli hujjatlarini tayyorlatib beriş evaziga 2025-yilda 4 ming 500 AQŞ dollari olgan.
Ammo, u vaʼda qilingan işni bitira olmagaç, olgan pulidan 1 mln 200 ming sömni qaytarib bergan vaqtida uşlandi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a, v” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars



